TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Qozog‘iston uzoq yillar davomida O‘zbekistonning ishonchli tashqi savdo hamkorlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov ma’lum qildi.
“Qozog‘iston uzoq yillar davomida O‘zbekistonning uchinchi yirik tashqi savdo sherigi bo‘lib kelmoqda. Bundan tashqari, 2023-yil yakunlarini oladigan bo‘lsak, tashqi savdoning umumiy hajmida Qozog‘iston O‘zbekiston tashqi savdosining 7 foizini, shundan eksport 5,5 foizdan ortig‘ini, import esa qariyb 8 foizni tashkil etadi”, — dedi Nazarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Qozog‘istonga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar orasida mashina va uskunalar, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo, tayyor mahsulotlar, nooziq-ovqat xomashosi va xizmatlar bor.
“Aytish kerakki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda so‘nggi yillarda eksport va importning jismoniy hajmida tayyor mahsulot ulushi ortib bormoqda, bu juda yaxshi va ijobiy”, — deya xulosa qildi ekspert.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.