TOShKENT, 5 avg — Sputnik. AQSh ittifoqchi va hamkorlar kuchlarini Isroilni Eronning ehtimoliy hujumidan birgalikda himoya qilish uchun jalb qiladi. Bu haqda prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Jon Fayner ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Isroil favqulodda tahdidga duch keldi... Qo‘shma Shtatlar, boshqa sheriklar va ittifoqchilar Isroilga o‘zini himoya qilish va tahdidni yengishda yordam berish uchun birlashdi. Agar kerak bo‘lsa, biz buni yana takrorlashga tayyorlanyapmiz”, — dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh kuchlarining mintaqadagi jangovar tayyorgarligidagi bu o‘zgarishlarning barchasi Eron yoki boshqa raqib tomonidan Isroilga qarshi ehtimoliy javobga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan.