Olimpiya o‘yinlari: Do‘smatov va Mullojonov finalga yo‘l oldi

Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Sputnik
TOShKENT, 5-avgust — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov finalga yo‘l oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov ikkinchi bor Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan bokschi raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi.
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Shuningdek, boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov o‘z nomini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari finalchilari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
Yarim finalda tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan bokschi o‘zining aniq va kuchli zarbalari evaziga 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
U finalda Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi kubalik bokschi Alfonso Dominges bilan baxs olib boradi.
Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi.
O‘zbekistonlik bokschilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi — ular kimlar?