O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarni gavjum joylarga bormaslikka chaqirdi

Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi o‘zbekistonliklar uchun ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘z fuqarolarini odamlar gavjum joylarga bormaslikka chaqirdi, deya xabar berdi elchixona matbuot xizmati.
Xabarda Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi o‘zbekistonliklar uchun ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
1. Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning.
2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnating.
3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.
4. Imkon qadar ommaviy yig‘ilishlar joyini chetlab o‘ting va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklang.
Qayd etilishicha, agar shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga murojaat qilish mumkin.
Favqulodda yordam telefonlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076;
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397;
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz.
Eron oliy rahbari Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish haqida buyruq berdi — OAV