"Yangi yondashuv". AQSh Rossiyaga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

InfoBRICS: AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh va NATO Rossiyaga qarshi yangi reja tayyorlamoqda. Bu haqda RIA Novosti infoBRICS nashriga tayanib xabar berdi.
“Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarda yangicha yondashuvni ishlab chiqayotganga o‘xshaydi”, — deyiladi nashrda.
Nashr buni AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayenning “NATOning yondashuvini hozirgi sharoitga moslashtirish, shu bilan birga Ukrainaning joriy proksi-nizoda “g‘alaba qozonishini” ta’minlash asosiy maqsad”, deb aytgan so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.
Xususan, alyans jangovar harakatlar davom etayotgan bir paytda Ukraina rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun kattaroq qadamlar qo‘yish uchun o‘zgarishlarga muhtoj, deyiladi maqolada.
Shuningdek, O'Brayenning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan barcha aktivlarini imkon qadar tezroq Kiyevga o‘tkazishi muhim. Va oxirgi qadam Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘ladi, deb yozadi infoBRICS.
Maqolada qayd etilishicha, alyansning Moskvaga nisbatan “yangi strategiyasi” maqsadlari o‘zgargan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Nashrning yozishicha, G‘arb bir qutbli dunyo tartibini saqlashga intilar ekan, tinchlik bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, agar Rossiyani o‘rab olish yoki charchatishga urinishlar to‘xtamasa, mojarolar davom etadi, chunki Moskva dushman davlatlarga o‘z fuqarolarining hayotiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Moskva Rossiya G‘arbda hech kimga tahdid solmagani va tahdid solmasligini, Ukrainada o‘z manfaatlarini himoya qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Vladimir Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, G‘arb siyosatchilari e’tiborni ichki muammolardan chalg‘itish uchun o‘z aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan qo‘rqitmoqda. Prezident Moskva NATO davlatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bundan foyda yo‘qligini batafsil tushuntirgan.