TOShKENT, 1 avg — Sputnik. AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Yaqin Sharqda Falastinning HAMAS siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilishi ortidan keng ko‘lamli urush xavfining oldini olish uchun shoshilinch muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda "Financial Times" manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“AQSh va Yevropa Ittifoqi diplomatlari butun Yaqin Sharq bo‘ylab shoshilinch muzokaralar olib bormoqda, keng ko‘lamli mintaqaviy urush xavfining oldini olishga harakat qilmoqda”, — deyiladi nashrda.
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari o‘rinbosari Enrike Mora chorshanba kuni Tehronda rasmiylar bilan, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq bo‘yicha koordinatori Brett Makgurk Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazgani aytildi.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralar Tehronni Isroilga javob bermaslik yoki ramziy harakatlar qilishga ko‘ndirish bo‘lgan.
“Kechadan beri hamma Tehronga javob bermaslik va o‘zini tutib turish uchun bosim o‘tkazmoqda”, — deya ismini oshkor etmagan G‘arb diplomatining so‘zlarini keltiradi nashr.
Chorshanba kuni Falastinning HAMAS harakati harakatning siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba natijasida halok bo‘lganini e’lon qildi. HAMAS harakati rasmiy bayonotida siyosiy buro rahbarining o‘limini tan olib, voqeada Isroilni aybladi. Harakatning bildirishicha, hujumlar Haniya Eronning yangi prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etganidan keyin sodir bo‘lgan.