O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlaridagi maktablar qo‘llab-quvvatlanadi

Postsovet mamlakatlarida “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi” loyihalari ishga tushiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. “Yevroosiyo” avtonom notijorat tashkiloti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi maktablarga tizimli yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, postsovet mamlakatlarida ta’lim sohasida ikkita yirik loyiha ishga tushirilishi ma’lum qilindi: “Yevroosiyo litseyi” va “Yevroosiyo pedagogik kengashi”. Xususan, innovatsion ta’lim dasturlari joriy etilib, o‘quv xonalari eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlanadi.
O‘qituvchilar Rossiyaning eng yaxshi ta’lim markazlarida amaliyot o‘taydi va ular uchun stipendiya dasturi ishlab chiqiladi. Har bir mamlakatning madaniyati, tarixi va diniy xususiyatlarni hisobga olinadi.
Bu ish Rossiyaning yetakchi davlat dasturlari va milliy loyihalari tajribasiga tayangan holda “Yevroosiyo” tomonidan amalga oshiriladi.
"Yevroosiyo litseyi". Mahalliy madaniy va tarixiy xususiyatlarni hisobga olgan holda YeOII mamlakatlaridagi maktablarni tizimli qo‘llab-quvvatlash.
jihozlangan ofislar;
innovatsion ta’lim usullari;
Rossiyaning eng yaxshi ta’lim markazlarida o‘qituvchilar uchun amaliyot;
stipendiya dasturi.
"Yevroosiyo pedagogik kengashi". Bu o‘qituvchilarning rivojlanishi va malakasini oshirish uchun professional jamoadir.
xalqaro konferensiyalar, musobaqalar, dasturlar;
turli mamlakatlar, jumladan, YeOII o‘qituvchilari uchun Rossiyada amaliyot o‘tash;
grant olish imkoniyati;
tajriba almashish va do‘stona muloqot;
postsovet mamlakatlarida shunga o‘xshash jamoalarni yaratish.