TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugun o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga doir muhim qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov bo‘yicha saylov kampaniyasiga start berilib, kalendar reja tasdiqlandi.