O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

Ocherednoy raund politicheskix konsultatsiy mejdu ministerstvami inostrannix del Respubliki Uzbekistan i Azerbaydjanskoy Respublikoy
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi batafsil ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Kecha, 25-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi batafsil ko‘rib chiqildi, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ta’minlash uchun tashqi siyosat idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Barcha sohalarda rivojlanayotgan aloqalarni hisobga olgan holda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Ko‘p tomonlama tuzilmalar, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Ozarbayjon savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazmoqchi