TOShKENT, 26-iyul — Spurtnik. Parij 2024 Yozgi Olimpiada o‘yinlari ochilish kunida Fransiya tezurar temir yo‘llarida kollaps sodir bo‘ldi.
Fransiyada Parij va Lill, London va Parij o‘rtasida harakatlanuvchi "Eurostar" tezurar poyezdlari harakati to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar oddiy poyezdlarga o‘tkazilmoqda. Ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilingan.
"Fransiya Milliy temir yo‘l kompaniyasi bayonotida aytilishicha, tunda to‘mir yo‘lda "qasddan o‘t qo‘yish" sodir etilgan. Fransiya hukumati poyezdlar harakatining ataylab to‘xtatilishini sabotaj deb atadi. Beshinchi respublikaning barcha razvedka xizmatlari voqea holatlarini o‘rganishga jalb etilgan", - dedi Fransiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Gabriyel Attal.
Shimoliy yo‘nalishda erta tongdan boshlab Parij va Lill o‘rtasidagi poyezdlar harakati to‘xtatildi, faqat 29-iyuldan boshlab oddiy poyezdlar harakati tiklanishi kutilmoqda.
Parij bilan mamlakat g‘arbidagi Tur va Le-Man shaharlari o‘rtasida aloqa uzilgan. Temir yo‘lda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Sharqiy Fransiyada ham yo‘l harakati qiyin. Bu yerda ta’mirlash ishlari yakunlanishi 27-iyul kuni kutilmoqda.
London va Parij o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi ham uzildi: ba’zi poyezdlar bekor qilindi, oddiy poyezdlar (tezkor emas) harakatlanmoqda, lekin sayohat vaqtini 1,5 soatga oshiradi.
Fransiya temir yo‘llaridagi buzilishlar 800 mingga yaqin odamga ta’sir qildi. Mamlakat bo‘ylab vokzallarda juda ko‘p odamlar to‘planib qolgan.