Bishkekdagi yig‘ilishda ShHT bosh prokurorlari qanday hujjat imzolashdi?

Prokurorlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 22-yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Tadbir davomida ShHTga a’zo barcha davlatlarning bosh prokurorlari yig‘ilish yakunlarini sarhisob qilishdi va kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yig‘ilish bayonnomasini imzolashdi.
Bishkeke zavershilos 22-e zasedanie generalnix prokurorov stran-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
“Imzolangan bayonnoma ShHTga a’zo davlatlar bosh prokuraturalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, mintaqada huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategiyalarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.
ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi yig‘ilishiga raislik qilish Pokistonga o‘tdi.
Bu yil yig‘ilishga Qirg‘iz Respublikasi bosh prokurori raislik qilmoqda. Unda Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy nazorat bo‘limlari rahbarlari, shuningdek, ShHTning kotibiyat va mintaqaviy aksilterror tuzilmasi rahbarlari ishtirok etdi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik ittifoqqa Hindiston, Pokiston, Eron, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.