TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Britaniyaning "Guardain" gazetasiga bergan intervyusida frontdagi og‘ir vaziyat haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, frontda vaziyat juda og‘ir, Ukraina pozitsiyalari ko‘p yo‘nalishlarda hujumga uchragan. Sirskiy, shuningdek, Rossiya Aerokosmik kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlarining ustunligidan shikoyat qildi.
“Rossiya kuchli aviatsiya va juda kuchli havo mudofaasiga ega. Shu munosabat bilan Ukraina uchuvchisiz uchish tizimlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda”, — deyiladi nashr saytidagi maqolada.
Shu bilan birga, maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, agar va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlari Ukrainaga yetkazilsa ham, ular Rossiya kuchlariga "to‘qnash" xavfi tufayli faqat oldingi chiziqdan yetarlicha masofada ishlatilishi mumkinligini tan olgan.
Uning fikricha, G‘arb harbiy samolyotlari frontga 40 kilometrdan yaqinroq yaqinlasha olmaydi.