“Bunday tadbirlarda diniy qarashlar, ko‘pxotinlik, jinsiy kamsitish, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targ‘ib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari ortmoqda. Amaldagi qonunchilikda ma’ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbati kabi shakllarda amalga oshiriladigan faoliyat huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Bu o‘z navbatida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda”, — deyiladi quyi palata xabarida.
"Kodeks yangi 594-modda bilan to‘ldirilib, ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda. Qonun esa, 141-modda bilan to‘ldirilib, mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirish talablari belgilanmoqda", — deyiladi xabarda.