O‘zbekiston va YeOII

YeIK hamkorlik loyihasini moliyalashtirish uchun birinchi arizani ko‘rib chiqdi

Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha Ittifoq mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hamkorlik loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha birinchi arizani ko‘rib chiqdi, uni “Gazprombank” Rossiyaning “Titan Polimer” kompaniyasi uchun taqdim etdi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan raisligida Sanoat bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) budjeti hisobidan sanoat kooperatsiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatishning yangi mexanizmida ishtirok etish uchun biznes vakillarining birinchi murojaati ko‘rib chiqildi.
Ministr po promishlennosti i agropromishlennogo kompleksa Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii Goar Barsegan na zasedanie Konsultativnogo komiteta po promishlennosti
Loyiha texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha YeOII mamlakatlari korxonalarining hamkorlikda ishtirok etishini nazarda tutadi.

“Loyiha Ittifoq mamlakatlari o‘rtasida texnologik jihozlar, masalan, elektr, qozonxona va yong‘inga qarshi uskunalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Uning amalga oshirilishi natijasida kimyo sanoatida import o‘rnini bosuvchi zamonaviy kompleks yaratiladi”, — dedi Barsegan.

Bundan tashqari, ishtirokchilar YeOII davlatlari o‘rtasida rangli metallurgiya sohasida integratsion hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Ittifoq mamlakatlari ushbu soha rivojlanishining tahliliy sharhini tasdiqlashdi.
Unda jahon bozori va Ittifoqning rangli metallar bozoridagi joriy vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘rta muddatli istiqbolda ularning rivojlanishi prognozlari, qo‘shma loyihalar misollari bilan YeOIIda ushbu va turdosh tarmoqlarda kooperativ hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy olgan. Hujjatda rangli metallurgiyada yashil kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha ham ma’lumotlar mavjud.