TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘z inauguratsiyasigacha ham Ukrainadagi mojaroni hal qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Michigandagi chiqishida aytdi.
“Oval ofisni egallashimdan oldin ham, biz prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganimizdan ko‘p o‘tmay, men Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushni hal qilaman. Men shunday bayonot bera oladigan yagona odamman: men uchinchi jahon urushining oldini olaman”, - dedi u.
Oq uyning sobiq rahbari 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlari chog‘ida 2025-yil 20-yanvarda prezidentlik qasamodini qabul qilishdan oldin ham mojaroni hal qilishga va’da bergan edi.