YeIK: temir yo‘l transporti sohasida standartlar ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zgartirishlarning maqsadi standartlarning joriy versiyalarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish, dedi YeIKning texnik tartibga solish bo‘yicha vaziri Valentin Tatariskiy.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati temir yo‘l transporti sohasida texnik reglamentlarni joriy etish bo‘yicha standartlar ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar kiritdi. Ro‘yxatlar to‘qqizta standart bilan to‘ldiriladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zgartirishlar ushbu standartlarning sanoat uchun alohida ahamiyati va temir yo‘l mashinasozlik mahsulotlarining muvofiqligini baholash tartib-qoidalarining dolzarbligi sababli 30 kalendar kundan keyin kuchga kiradi.
Bundan tashqari, standartlarning yangi tahrirlari bo‘yicha muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishni ta’minlash maqsadida 180 kalendar kundan keyin kuchga kiruvchi standartlar ro‘yxatlarining yangi tahrirlari tasdiqlandi.
Tegishli ro‘yxatlarga kiritilgan standartlarni qabul qilish, qo‘llash, yangilash va bekor qilish monitoringi natijalari bo‘yicha standartlar ro‘yxatlarining yangi tahrirlari tayyorlandi.
“O‘zgartirishlarning maqsadi standartlarning joriy versiyalarini qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish va ular ishlab chiqilishi va joriy etilishi bilan milliy standartlardan davlatlararo standartlarga tizimli ravishda o‘tishdir”, - dedi YeIKning texnik tartibga solish bo‘yicha vaziri Valentin Tatariskiy.
Standartlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar Rossiya Transport vazirligi tomonidan YeOII davlatlarining davlat organlari bilan birgalikda ekspertlar va biznes hamjamiyatlari vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan.
YeOII fond birjalari savdo hajmini oshirdi