Bakalavr va magistratura qabuli uchun davlat granti o‘rinlari ajratildi

2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025 o‘quv yili uchun:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:
umumiy qabul parametrlarini;
qo‘shimcha qabul parametrlarini;
o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;
hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.
O‘zbekistonda test sinovlari boshlandi