Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

Saida Mirziyeyeva (sleva) s poslom Katara v Uzbekistane Xasanom Xamzoy Xashimom (sprava).
Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 17-iyul kuni, Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva Telegram-kanalida xabar berdi.
“Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildik”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, muloqotda, xususan, afg‘onistonlik qizlarni Termiz shahrida o‘qitish loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston talabalari uchun Qatarning yetakchi universitetlarida tahsil olish bo‘yicha grant o‘rinlarini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi