Bayden prezidentlik poygasidan chiqish shartini aytdi

Oq uy rahbarining fikricha, qarilik faqat donolikka yetaklaydi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Amerika yetakchisi Jo Bayden “BET” telekanali bilan suhbatda, agar shifokorlar uning sog‘lig‘ida muammo borligini aniqlasa, prezidentlik poygasidan ketishini aytdi.

“Agar menda qandaydir kasallik bo‘lsa, kimdir - shifokorlar kelib, sizda falon muammo bor deyishsa”, - dedi Bayden tegishli savolga javob berayotib

Oq uy rahbarining fikricha, qarilik faqat donolikka yetaklaydi.
Bundan oldin u sog‘lig‘i qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilmasligini, ammo shifokorlar talab qilsa, ularga tayyor ekanligini aytgandi.
Demokratlar orasida Baydenning Tramp bilan bo‘lgan debati muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng uning o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishga chaqiriqlar kuchaymoqda. Siyosatchi esa poygada qolish va oxirigacha borish niyatida ekanini aytmoqda.
Bayden va Trampning ikkinchi debati 10-sentabrga belgilangan. AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bayden va Tramp debatida aytilgan asosiy gaplar