Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi

Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Joriy yilning 15-iyulidan Tailand hukumati 93 davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro‘yxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston ham bor.
O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin.
Tailand TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
15 iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSh dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Tailand O‘zbekiston uchun vizani bekor qilmoqda