Surxondaryo va Chelyabinsk o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Ivan Kutsevlyak va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rtasida muzokaralar uyushtirildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Safar davomida Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Ivan Kutsevlyak va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rtasida muzokaralar uyushtirildi. Unda tomonlar sanoat, turizm va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Mejregionalnie svazi Surxandarinskoy i Chelyabinskoy oblastey aktiviziruyutsya

Ivan Kutsevlyak Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining o‘zaro ishonchli strategik muloqotlari tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqarorlikni namoyon etib, faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Chelyabinsk viloyati Rossiyaning barcha hududlari orasida O‘zbekistonga xomashyo va energiya resurslar bo‘lmagan mahsulotlar eksport hajmi bo‘yicha Moskvadan keyin ikkinchi o‘rinda turishi qayd etildi.

Bundan tashqari, Surxondaryo va Chelyabinsk viloyatlari tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar yakunida, tadbirkorlar ikki tomonlama savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishdilar.
Chelyabinsk viloyati va O‘zbekistonni azaldan do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi — Knaub