O‘zbekiston va YeOII

YeIK sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini taqdim etdi

Nikolay Kushnarev Komissiya ushbu mexanizm doirasida pilot loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirkorlar va banklar bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Grozniydagi Kavkaz investitsiya forumi doirasida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) sanoat kooperatsiyasini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini taqdim etdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
“Ushbu qo‘llab-quvvatlash chorasi Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, aslida tadbirkorlikni bilvosita qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlaridan moliyaviy yordam ko‘rsatishga o‘tishdagi burilish nuqtasini aks ettiradi”, - dedi Nikolay Kushnarev.
YeEK predstavila noviy mexanizm podderjki promkooperatsii na Kavkazskom investitsionnom forume
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqdim etilgan mexanizmning o‘ziga xosligi shundan iboratki, undan milliy va mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bilan bir vaqtda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishda foydalanish mumkin, shuningdek, kooperativ hamkorlikni tashkil etishning turli formatlari ko‘zda tutilgan.
Nikolay Kushnarev Komissiya ushbu mexanizm doirasida pilot loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirkorlar va banklar bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Dog‘iston Respublikasi hukumati, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi, “Kavkaz. RF” AJ va tadbirning boshqa ishtirokchilari EIK bilan yangi mexanizm doirasida hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Matbuot markazi
O‘zbekistonning YeOII tomon harakatlanishi bu strategik qaror – ekspert