MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament sayloviga taklif etildi

Oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. MDH PA xalqaro kuzatuvchilari bu yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatib borishda ishtirok etishga taklif etildi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Podvedeni itogi deyatelnosti Mejparlamentskoy Assamblei SNG za proshliy god
Oliy Majlis senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.
"O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari MDH PA xalqaro kuzatuvchilarini joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatib borishda ishtirok etishga taklif qildi", — deb yozadi matbuot xizmati.
Kengash yig‘ilishida Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi saylov jarayonlarini monitoring qilishga katta e’tibor qaratildi. Xususan, Rossiya va Ozarbayjondagi prezidentlik saylovlari hamda Belarusdagi parlament saylovini monitoringida Parlamentlararo Assambleya xalqaro kuzatuvchilari faoliyati ko‘rib chiqildi.
Parlament a’zolari milliy delegatsiyalarning barcha mulohazalarini inobatga olgan holda MDH Parlament Assambleyasida kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ma’qullashdi. Shuningdek, bir qator boshqa hujjatlar ham tasdiqlandi.
O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi