O‘zbekiston va Rossiya parlament diplomatiyasi faol davom ettiriladi

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan BRIKSning X parlament forumi maydonida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Parlamentskaya diplomatiya Uzbekistana i Rossii budet aktivno prodoljena
Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlarining munosabatlari o‘ziga xos – do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangani, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar har tomonlama strategik sheriklik xarakteriga ega ekani alohida qayd etildi. Muloqot chog‘ida iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish uchun parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan faol foydalanish zarurligiga urg‘u berildi. Tomonlar xalqaro parlamentlararo tashkilotlar, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Parlamentlararo ittifoq doirasidagi hamkorlikni faol davom ettirish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.