“O‘zbekkosmos” dalalardagi yong‘inni koinotdan suratga oldi

Eng ko‘p holat Toshkent, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi kosmik monitoring yordamida 2024-yilning birinchi yarmida boshoqli ekinlardan bo‘shagan hududlarda 1960 ta yong‘in holatini aniqladi.
Jami 23 273 gektar boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqib yuborilgan.
"Uzbekkosmos" predupredil ob otvetstvennosti za podjog poley posle uborki zernovix kultur
Eng ko‘p holat Toshkent (9,6 ming ga), Surxondaryo (5,7 ming ga) va Andijon viloyatlarida (3,8 ming ga) aniqlangan. Shuningdek, Namanganda 2,9 ming gektar, Samarqand viloyatida 1,7 ming gektar, Jizzaxda 931 gektar va Farg‘onada 65 gektar ekin maydonlariga o‘t qo‘yilgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan “O‘zbekkosmos” agentligi g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksida jarima belgilanganini eslatib o‘tdi.
Undan tashqari, bunday faoliyat ekologiyaga ham zarar keltiradi. Xususan, 1 gektar yer maydon yoqilganida atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi.
"Uzbekkosmos" predupredil ob otvetstvennosti za podjog poley posle uborki zernovix kultur