TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtiradi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Vazir Laziz Kudratov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari, savdo aloqalarini kengaytirishga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
Moskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki Uzbekistan
Kudratovning qayd etishicha, ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik etalon modelga aylangan.
O‘zaro savdo aylanmasi barqaror o‘sishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Uning hajmi so‘nggi 7-yilda 2,5 barobar va joriy yil boshidan buyon 30 foizga oshdi.
“Bunga, boshqa omillar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik rejimi doirasida erishilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ikki tomonlama savdo tarkibi keskin kengayib, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushi ortdi”, — deyiladi xabarda.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan maqsad – 2030-yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish uchun mamlakatlarda barcha zarur imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Bu vazifani ijro etishda 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma Harakatlar rejasini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Moskvada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki Uzbekistan
“Uchrashuvda tomonlar rejadagi vazifalar ijrosining bugungi holatini atroflicha o‘rganib chiqdi va bu borada ishlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Kudratov, shuningdek, Butunrossiya tashqi savdo akademiyasiga (BTSA) tashrif buyurdi. Rektor Vittoriya Idrisova ta’lim muassasasida talabalarni sifatli tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
V Moskve obsudili meri po uvelicheniyu obyomov vzaimnoy torgovli
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki Uzbekistan
Toshkent shahrida Akademiya filialini ochish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, xususan, Toshkent shahrida Akademiyaning filialini ochish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.