"Men bu yil bahorda Sochida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar festivalida qatnashdim. U yerda Shimoliy qutbga uyushtiriladigan ekspeditsiyaga qatnashish uchun ekspertlarni saralab olishdi. Tanlovda men ekspeditsiyaga jo‘nab ketadigan 15 nafar ekspertdan biri bo‘ldim. Men o‘z loyiham bilan g‘alaba qozondim. Tanlov shartiga ko‘ra, har bir da’vogar Shimoliy qutbda nima qilmoqchi ekanini taqdim etishi kerak edi. Men kosmik nurlarni o‘rganishni rejalashtirayotganimni aytganman", - deydi Yoqubova.
"Kosmik nurlar – kosmos zarrachalari bo‘lgan shamol. Aytgancha, aynan ular tufayli qutb yog‘dusi paydo bo‘ladi. Kosmik nurlarni o‘rganish – bu mening loyiham, biroq men bu ekspeditsiyada bo‘ladigan, o‘z sohalarida tanlovdan o‘tgan o‘quvchilar uchun ma’ruza qilishim va mahorat darsi o‘tib berishim kerak", - deydi u.