Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

Prezident Draupadi Murmu va Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi”, — deb yozadi Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Hindistonda bayram vaqtidagi tiqilinchda 107 kishi halok bo‘ldi. Uttar-Pradesh shtatidagi bayram qurbonlari asosan ayollar va bolalar bo‘lgan. Tadbirda 15 mingdan ortiq odam qatnashdi, vaholanki rasman 5 ming kishiga ruxsat etilgan edi.