TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sakkizta mamlakat maktab o‘quvchilari “Xotira poyezdi” orqali Minskka yetib kelishdi, deb xabar berdi Sputnik Belarus.
Poyezdda Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistondan o‘quvchilar kelgan. Hammasi bo‘lib - taxminan 200 kishi.
"Poyezd Pamati" pribil v Minske
© Sputnik / Viktor Tolochko
“Maydonda maktab o‘quvchilarini tengdoshlari tantanali ravishda bilan kutib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Bugun poytaxt mehmonlari Belarusning fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 80-yilligi munosabati bilan harbiy paradni tomosha qilishdi. Tadbir dasturidan shahar bo‘ylab ekskursiya, Ulug‘ Vatan urushi muzeyi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv markazi, Milliy kutubxona va “Stalin chiziqlari”ga tashrif buyurish o‘rin olgan.
"Poyezd Pamati" pribil v Minske
© Sputnik / Viktor Tolochko
Bu yil ikki qavatli poyezd Belarus va Rossiyaning ko‘plab shaharlaridan o‘tadi. Ular orasida: Minsk, Polosk, respublikaning viloyat markazlari, Moskva, Sankt-Peterburg, shuningdek, Aleksandriya qishloq xo‘jaligi shaharchasi. Ikki hafta ichida maktab o‘quvchilari Rossiyaning yetti viloyati va Belarusning olti viloyatiga tashrif buyurishadi.
Loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining o‘rta maktab o‘quvchilarini Ulug‘ Vatan urushi tarixi bilan tanishtirish va ularga harbiy shon-sharaf maskanlarini ziyorat qilish imkoniyatini berishdan iborat.