Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Axmat" qo‘mondoni maxsus operatsiya qachon yakunlanishini taxmin qildi

Bivshie boysi Vagnera v spesnaze Axmat v zone SVO.
General Alaudinov maxsus harbiy operatsiya 2024-yilning kuzida yakunlanishini bashorat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ukraina mojarosi 2024-yilning kuzida Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bu haqda "Axmat" maxsus kuchlari otradi qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-siyosiy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Apti Alaudinov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ishonchim komilki, bu yil, kuzda biz maxsus harbiy operatsiyani yakunlaymiz", — dedi u.
G‘arb so‘nggi ukrainga qadar jang qilish niyatida — Ushakov
Alaudinovning qo‘shimcha qilishicha, bu haqda dushman ham biladi. Vladimir Zelenskiy Ukraina hududidan qochib ketadi, "Axmat) qo‘mondoni bunga amin.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mojaroda g‘alaba qozonishini aytgandi.
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish shartlarini aytdi