TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning sun’iy intellekt yordamida rasm yaratish bo‘yicha “Orzu” xayriya loyihasi 12-14 sentabr kunlari Sankt-Peterburg madaniy forumida ishtirok etadi. Bu haqda loyiha matbuot xizmati xabar berdi.
“Orzu” mutaxassislari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar taassurotlari asosida yaratilgan sun’iy intellektni yaratish, qo‘llash, shu yo‘nalishda ijtimoiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘z tajribalarini forum auditoriyasi bilan o‘rtoqlashadi.
“Orzu loyihasi 12-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Sankt-Peterburg madaniy forumi tashkilotchilaridan taklif oldi va biz unda ishtirok etamiz”, — dedi loyiha vakili.
Sankt-Peterburgda 12-14 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro madaniy forum “XXI asr madaniyati: suverenitet yoki globalizm?” mavzusiga bag‘ishlanadi. Forumning biznes dasturi o‘nta tematik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
“San’at insonlarga tarix huquqini himoya qilishga qanday yordam beradi?”, “Sun’iy intellekt va milliy suverenitet”, “Madaniy meros: an’analar va zamonaviylik”, “Ishbilarmonlik madaniyati”, “Media madaniyati”, “Kino”, “Teatr”, “ Musiqa”, “Sirk” va “Muzeylar”. Ishtirokchilar soni 1,7 ming kishiga yetishi rejalashtirilgan.