TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa tizimlarining ko‘p qismini yo‘qotganligi sababli, Rossiya armiyasi Ukraina ustidan razvedka uchuvchisiz dronlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. Bu haqda germaniyalik jurnalist va harbiy kuzatuvchi Yulian Ropke X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Rossiya razvedka dronlari parvozlarida to‘liq erkinlikka ega. Shuningdek, ballistik raketalarning aksariyati ham o‘tadi", — dedi u.
Ropke, Ukraina G‘arb va’da qilganidan ko‘ra ko‘proq havo mudofaa tizimini yo‘qotishda davom etayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, G‘arbning Patriot zenit-raketa tizimlari ko‘rinishidagi yordami, ehtimol, juda kech keladi va endi Ukraina Qurolli kuchlariga yordam bermaydi.
May oyida Reuters agentligi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya tomonidan uchuvchisiz samolyotlardan ko‘proq foydalanishdan shikoyat qilgani haqida xabar bergan edi.