TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida nomzodlarning hech biri 50% ovoz to‘play olmagani sababli, saylovning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi.
“Nomzodlarning hech biri ko‘pchilik ovoz to‘play olmagani sababli, qonunga ko‘ra, saylovning ikkinchi bosqichi 5-iyul juma kuni butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.
28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida jamlangan barcha 24,5 million ovoz sanab chiqilgan. Ularning natijasiga ko‘ra Masud Pezeshkian 10,4 million, Said Jalili — 9,5 mln ovoz to‘plagan.
Ma’lumot uchun, Eron prezident lavozimi uchun kurashda 4 kishi ishtirok etdi: Sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mostafa Purmuhammadi, Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf hamda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va parlament a’zosi Masud Pezeshkian.
Eron prezidenti mamlakatdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi yangi prezidentga bog‘liq bo‘ladi.