TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokolsev O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamrohligida Toshkent shahridagi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasining Muvofiqlashtirish va monitoring markazi faoliyati bilan tanishdi.
Kolokolsevning Jamoat xavfsizligi markaziga tashrifi
© MVd RF
Ushbu markaz 2024-yilning mart oyida ish boshlagan. U raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yagona axborot platformasi asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Xususan, markazda vaziyatni joyida tahlil qilish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar mavjud bo‘lib, ular ommaviy tadbirlarni simulyatsiya qilish orqali mutaxassislarga noodatiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkor javob topishni o‘rgatadi.
Shuningdek, markazda IIV shaxsiy tarkibi samaradorligini baholash tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazoratga olingan.
Kolokolsevning Jamoat xavfsizligi markaziga tashrifi
© MVd RF
U yerda videoaloqa tizimidan foydalangan holda uchastka nozirlari, yo‘l-patrul-patrul xizmati xodimlari hamda shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni nazorat qiluvchi probatsiya xizmati uchun masofaviy ta’lim tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiya IIV rahbari O‘zbekistonga bo‘lib o‘tayotgan tashrifi doirasida G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi yodgorlik poyiga gul qo‘ygan edi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi.
Kolokolsevning Jamoat xavfsizligi markaziga tashrifi
© MVd RF