O‘zbekistonlik sportchilar BRIKS o‘yinlarini qanday natija bilan yakunlashdi?

O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi VI BRIKS o‘yinlarini 114 ta medal bilan to‘rtinchi o‘rinda yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kecha Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta oltin, 39 ta kumush va 58 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘ardi.
“O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qozondagi VI BRIKS o‘yinlari 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. Jami 90 ta jamoa ishtirok ettgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta sport turida 249 nafar sportchi bilan qatnashdi.
BRIKS o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilarning natijalari qanday?