Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga qulay sharoit yaratishga tayyor ekanini aytdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Mo‘g‘uliston bilan ilk bor o‘tkazildi.
“Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni ta’kidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qo‘ydik”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Ta’kidlanishicha, tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Aytilishicha, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun yaqinda Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga yurtimizda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi”, – deb yozadi matbuot xizmati.
O‘z navbatida, Mo‘g‘uliston prezidenti biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi — imzolangan hujjatlar