O‘zbekistonga ko‘proq qaysi davlatdan turist kelgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan yilga qaraganda turistik maqsadda O‘zbekistonga kelganlar soni 9,6 foizga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga 5 oyda 2,8 mln nafar turist kelgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Shu yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
“Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonga 5 oyida turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston – 871,5 ming nafar;
Qirg‘iziston– 857 ming nafar;
Qozog‘iston – 498,2 ming nafar;
Rossiya – 289,6 ming nafar;
Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
Turkiya – 42,1 ming nafar;
Hindiston – 23,2 ming nafar;
Xitoy – 22,8 ming nafar;
Italiya – 15,3 ming nafar;
Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.
O‘zbekistonga bu yil 11 mln xorijiy sayyoh jalb qilinadi