TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning “Vatan tayanchi” jamoasi “Aybin—2024” xalqaro harbiy-vatanpvarlik yig‘inida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Olmaotadagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini yakunlandi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
V Almati podveli itogi X Mejdunarodnogo voyenno-patrioticheskogo sbora molodeji "Aybin"
© Ministerstvo oboroni respubliki Uzbekistan
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 750 nafar o‘g‘il-qizdan iborat jamoalar “Aybin sovg‘asi” intellektual o‘yini, robototexniklar o‘rtasida “Bilimdon askar” sharti, “AK-74” qurolini noto‘liq qismlarni ajratish va yig‘ish shartlarida o‘zaro bellashdi.
“Bir necha kun davom etgan murosasiz bahslar yakunida “Vatan tayanchi” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin esa mezbon — Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi”, — deyiladi xabarda.
V Almati podveli itogi X Mejdunarodnogo voyenno-patrioticheskogo sbora molodeji "Aybin"
© Ministerstvo oboroni respubliki Uzbekistan
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida jamoaga kubok, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.