Rossiya va O‘zbekiston orasida sanitar-epidemiologik osoyishtalik sohasida beshta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning biri — xalqaro mediko-sanitar normalarni, ikkinchisi — O‘zbekiston hududida joylashgan tabiiy vabo o‘choqlarini o‘rganishga qaratilgan. Uchinchisi — 3-4 xavf guruhiga kiruvchi mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshi turish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Yana ikkita loyiha respublikada OITS bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun.
“O‘zbekiston yopiq mamlakat emas; bugungi hududdagi qo‘shnilar bilan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar ildam rivojlanib borayotgan vaziyatda aholining sanitar-epidemiologik xavfsizligini saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega”, — dedi Otabekov.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.