O‘zbekistonning “Vatan tayanchi” jamoasi Qozog‘istondagi “Aybin—2024” yig‘inida ishtirok etmoqda

Olmaotada “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
Olmaotadagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi
Harbiy-vatanparvarlik yig‘ini Sovet Ittifoqi Qahramoni, “1-sonli Xaliq qaһarmani”, mustaqil Qozog‘istonning birinchi mudofaa vaziri, armiya generali Sagadat Nurmagambetov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlandi.
Mazkur xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi
Bir hafta davom etadigan bellashuvlarda jamoa Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Belarus hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan bellashadi. Ishtirokchilar 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lib, ularning soni jami 750 nafar.
Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi
Qayd etilishicha, harbiy texnika, jihozlar, sport jihozlari ko‘rgazmasi, to‘garaklar faoliyatiga oid stendlar – bularning barchasini Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy instituti qoshidagi “Ali” o‘quv markazida 18-22 iyun kunlari ko‘rish mumkin. Konsertlar, ma’ruzalar, sport o‘yinlari, gulxan atrofida kechalar, xalq qahramoni haqidagi filmlar namoyishi ham rejalashtirilgan.