Kim Chen In Vladimir Putinni shaxsan kutib oldi

Vladimir Putin Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen Inning taklifiga binoan do‘stona davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga yetib bordi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Vladimir Putin Pxenyanga tashrifidan mamnun bo‘lib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga aeroportda o‘tkazgan shaxsiy uchrashuvi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
"Vladimir Vladimirovich Putin Pxenyanga tashrifidan xursandligini va Kim Chen Inning shaxsan o‘zi aeroportga uni samimiy kutib olish uchun borganidan chuqur minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Drujestvenniy gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v KNDR
Davlat rahbarlarining muloqoti aeroportdan boshlandi. Putin va Kim Chen In Rossiya prezidenti korteji yonida bir necha daqiqa qizg‘in suhbatlashdi. Shundan so‘ng Putin shimoliy koreyalik hamkasbini prezident "Aurus"ga taklif qildi va ikkala rahbar ham Pxenyan aeroportidan bir mashinada jo‘nab ketishdi.
Putinning KXDRga davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. Rasmiy kutib olish marosimi, madhiyalar yangrashi, faxriy qorovul saf tortishi kutilmoqda.
Uchrashuv va qo‘shma suratga olish marosimidan so‘ng "Kimsusan" davlat qarorgohida Rossiya-Koreya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar yakunida yetakchilar ommaviy axborot vositalariga bayonot beradi, shundan so‘ng ular bir-birlari bilan muloqotni davom ettirishadi.