NATO Ukrainada nega buncha shoshayotgani ma’lum bo‘ldi

Filippo: Tramp AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonishidan oldin NATO Ukrainani qurollantirishga shoshilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonishidan oldin NATO Ukrainani qurollantirishga shoshilmoqda, dedi fransuz siyosatchisi, "Patriotlar" partiyasi rahbari Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida.
“Qarang, nega NATO Ukrainada urush olib borishga shoshilmoqda va u yerga o‘nlab milliardlar moliya kiritmoqda, chunki Tramp hozirgina bu mojaroga rozi emasligini tasdiqladi va Zelenskiyni qoraladi!” - deb yozgan Filippo.
U o‘z postiga Trampning o‘z tarafdorlari oldidagi nutqi aks etgan videoni ilova qildi. Videoda Tramp Zelenskiyni “eng buyuk savdogar” deb atadi va agar u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik to‘lovlarni tartibga solishga va’da bergan.
"To‘g‘ri aytdi! Bu sirkni to‘xtataylik, pul to‘lashni va qurollanishni to‘xtataylik! Tezroq tinchlik bo‘lsin!" – dedi Filippo.
AQShning sobiq prezidenti avvalroq Kiyevga moliyaviy yordamning davom etishi haqida tanqidiy gapirgan edi. Avvalroq u qayta saylansa, Ukraina mojarosini 24 soat ichida hal qila olishiga va’da bergan edi.
Amaldagi prezident Jo Bayden ma’muriyati yaqindagina Ukraina ehtiyojlari uchun 61 milliard dollar ajratdi. Kiyevga Pentagon arsenallaridan milliardlik qurol va o‘q-dorilar yuborish haqida qaror chiqargan va yana olti milliardga yangi harbiy texnika buyurtma bergan edi. Ushbu yordamni ajratishdan oldin AQSh qonunchilari o‘rtasida bir necha oy davom etgan munozaralar bo‘lib o‘tdi.
AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov poygasining asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari, demokrat Jo Bayden, shuningdek, Amerikaning sobiq yetakchisi, respublikachi Donald Tramp. Ikkala nomzod ham o‘z partiyalaridan nomzodlikni ta’minlash uchun dastlabki ovozlardan yetarlicha delegat ovozini to‘plagan va ularning deyarli barcha raqiblari poygadan chiqishlarini e’lon qilgan.