BRIKS O‘yinlarida O‘zbekiston uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

To‘rtinchi kun yakunida O‘zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medal sohibi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS O‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi uchinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sport vazirligi.
Oltin medal sohibi — Darya Latisheva, ushuning nanquan yo‘nalishi bo‘yicha.
Kun davomida O‘zbekistonlik sportchilar yana 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi:
Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov, Yevgeniy Agafonov, Davrjon Davronov (akademik eshkak eshish, M4x);
Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Shahriyor Hamdamov, Shuhrat Shodiyev, Yevgeniy Agafonov, Obidjon Jo‘raqulov, Farrux Oblaqulov (akademik eshkak eshish, M8+).

To‘rtinchi kun yakunida O‘zbekiston 3 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medallar bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus, Xitoy va Erondan so‘ng beshinchi o‘rinda ketmoqda.