O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS o‘yinlarida yana 6 ta medalga ega chiqdi

O‘zbekiston Rossiya, Belarus va Xitoydan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi BRIKS o‘yinlarida yana 6 ta medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qozon shahrida BRIKS o‘yinlarining uchinchi kuni ortda qoldi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal: Malika Tagmatova, Luiza Islomova (akademik eshkak eshish, LW2x)
Bronza medal: Vacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst yo‘nalishida erkin dastur), Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov (akademik eshkak eshish, M4-), Shuhrat Namozov (karate, -84 kg), Islombek Ismatullayev (karate, +84 kg), Mohlaroyim Hakimjonova (karate, +68 kg).
Uchinchi kungi bellashuvlardan so‘ng delegatsiya 2 ta oltin, 7 ta kumush va 15 ta bronza medallaro bilan umumjamoa hisobida hamon Rossiya, Belarus va Xitoydan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Eslatib o‘tamiz, Qozondagi VI BRIKS o‘yinlari 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Jami 90 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta sport turida 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.
Putin BRIKS o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi — unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etadi