TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha aniq qadamlar taklif qildi, dedi Die Weltwoche bosh muharriri Rojer Keppel YouTube'dagi kanalida.
“Bu prezident Putindan Ukraina tomoni rad etgan mutlaqo aniq taklifdir”, - dedi u.
Keppel, shuningdek, G7 davlatlarining bloklangan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish haqidagi qarorini “o‘g‘rilik” deb atadi. U bu tashabbusga shubha bilan qarashini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, bu chora yanada jiddiy qarama-qarshilikka olib keladi.
Vladimir Putin juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda muzokaralarni boshlash uchun Ukraina o‘z qo‘shinlarini Rossiyaning barcha yangi hududlari – DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqib ketishi kerakligini aytdi. Rossiya davlati rahbari Kiyev bu shartga rozi bo‘lganidan so‘ng, harbiy harakatlar darhol to‘xtatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan voz kechgani haqida rasman ma’lum qilishi kerak.