BRIKS o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi yana 12 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Vtoroy den igr BRIKS v Kazani prines Uzbekistanu 1 zolotuyu, 5 serebranix i 6 bronzovix nagrad
G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
oltin medal:
Mehriddin To‘raxonov (karate, -60 kg);
kumush medal:
Vacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst);
Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg);
Erkin Qozoqov (sambo, -98 kg);
Nurbek To‘rayev (sambo, +98 kg);
Darya Latisheva (ushu, taolu);
bronza medal:
Jasmina Mahmudova (sport gimnastikasi, tayanib sakrash);
Muhammadabdulaziz Xo‘jaqulov (karate, -67 kg);
Doston Otabolayev (karate, -75 kg);
Feruza Xo‘rozova (sambo, +80 kg);
Muxlisa Turdiyeva (sambo, -72 kg);
Muxlisaxon Qodiberganova (sambo, -65 kg).
Vtoroy den igr BRIKS v Kazani prines Uzbekistanu 1 zolotuyu, 5 serebranix i 6 bronzovix nagrad
Ikki kunlik bahslardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus va Xitoy davlatlaridan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
BRIKS o‘yinlarining birinchi kuni: O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta medal qo‘lga kiritdi