Unga ko‘ra AQSh Saudiya Arabistonini zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlashi, Ar-Riyod esa o‘z navbatida neftni faqat dollarga sotishga va daromadlarning katta qismini AQSh qimmatli qog‘ozlariga kiritish majburiyatini olgan.
Bu esa dollarga bo‘lgan global talabning kamayishiga va oxir oqibat amerika valyutasining zaiflashishga va olib kelishi mumkin, deydi TipRanks moliyaviy tahlil platformasi eksperti Pol Xofman.
"Bu o‘zgarishning barcha natijalari darhol ko‘rinmasa-da, bundan buyon global moliyaviy tartibda dollar hukmronligi kafolatlanmagan bo‘ladi”, - deb xulosa qildi ekspert.
2022 yilning fevral oyida Rossiya maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning dollar va Yevroda saqlanayotgan $ 300 mlrd. aktivlarini noqonuniy muzlatib qo‘yishgan edi. Undan tashqari AQSh va YeI davlatlari Rossiya banklariga nisbatan valyuta operatsiyalari o‘tkazish, xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘ychia misli ko‘rilmagan sanksiyalar kiritishdi.
Shundan so‘ng Rossiya o‘z nefti va gazini nodo‘st mamlakatlarga faqat rublda sotishini e’lon qildi. Dunyoning boshqa davlatlari esa ularning ham valyuta zaxiralari siyosiy sabablar tufayli xavf ostida qolishi mumkinligini anglab yetishdi. Rossiyaning yirik hamkorlari hisoblangan Hindiston, Xitoy, MDH va BRIKS davlatlari o‘zaro savdo-sotiqda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tish boshlandi. Keyinchalik ushbu tendensiyaga qator Afrika davlatlari ham qo‘shildi. Eng yirik neft sotuvchisi bo‘lgan Saudiya Arabistoni esa o‘z neftini nafaqat dollarga, balki qisman boshqa valyutalarga sotishni ham boshladi.