TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida boshlangan VI BRIKS o‘yinlarining birinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston vakillari kun davomida 1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza, jami 6 ta medal jamg‘arishdi. Shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sportchilar:
oltin medal:
Ubaydullo Mo‘minov (sambo, -71 kg);
kumush medal:
Sardor Olimjonov (sambo, -64 kg);
bronza medal:
Diana Onkes (sinxron suzish, texnik solo);
Ilhom Parmonov (sambo, -58 kg);
Shuhrat Normurodov (sambo, -79 kg);
Mushtariy Jarkova (sambo, -59 kg).
Birinchi kundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
Ma’lumot uchun, 12-23 iyun kunlari Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.