Putin BRIKS o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi — unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etadi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida 12-23 iyun kunlari VI BRIKS o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Qozondagi VI BRIKS o‘yinlari 12-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimi Qozon shahridagi Xalqaro ekspomarkazida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Alisher Turdiyev bo‘ldi.

“Jami 90 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta sport turida 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Hamurtlarimiz medallar uchun kurashni boshlashadi”, — deb yozadi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Musobaqada sportning 30 ta turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Rossiyaning avtonom hududlari va dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyuradigan 90 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi sport o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi.
Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya prezidenti ushbu tadbir madaniyatlararo muloqotni kengaytirishning yana bir ramzi bo‘lib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va mamlakatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlar sportning umuminsoniy qadriyatlari, teng imkoniyatlar va adolatli, murosasiz raqobatning g‘alaba qozonishini namoyish etadi.
Musobaqa 2016-yildan beri o‘tkazilmoqda. Hindiston ularni birinchi bo‘lib qabul qilgan bo‘lsa, bir yildan so‘ng Xitoy ikkinchi bo‘ldi. Keyin pandemiya tufayli tanaffus bo‘ldi va 2023-yilda Janubiy Afrika mezbonlik qilgan.
Sport musobaqalariga 97 ta davlatdan 4 ming nafar sportchi keldi. Ular orasida Ozarbayjon, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Janubiy Osetiya va hatto Litva ham bor.
Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi turnirda yangi sport turlari, jumladan, futbol va basketbol kombinatsiyalangan musobaqalari, breyk, yon kurash va belbog‘li kurash hamda akrobatik rok-n-roll bo‘lib o‘tadi.
Turnirning asosiy maqsadi teng huquqlilik, kamsitilmaslik va sportchilarning musobaqalarda teng huquqlilik tamoyillari asosida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdan iborat.