“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi

Temir yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Avgust oyida uch davlat rahbarlari ishtirokida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l Shanxay va Parij o‘rtasidagi eng qisqa yo‘lga aylanadi.

“Buyuk ipak yo‘li tiklanmoqda. Moliyaviy model aniqlandi, qurilish uchun mablag‘ topildi. Bu loyiha biz uchun — hayot yo‘li”, — dedi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi.
Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uch tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2023-yil o‘rtalarigacha loyihaning to‘liq texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi. Qirg‘iziston rahbari Yevroosiyo makonida muhim qit’a ko‘prigining yaratilishi xalqlarga katta foyda keltirishini ta’kidladi. Aytilishicha, bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik ramziga aylanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, mazkur temir yo‘l Xitoyni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l respublikaga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi. Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi.
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li konsessiya asosida quriladi